AQSh prezidenti Donald Tramp 6 avgust kuni Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida AQSh arsenalida o‘q-dorilar taqchilligi haqida ma’lumot tarqatganlarni javobgarlikka tortish bilan tahdid qildi.
Oq uy rahbari AQShda "ayniqsa, ma’lum turdagi" o‘q-dorilarning katta zaxiralari borligiga ishontirdi. Aynan qaysilarini, u aniqlashtirmadi.
Shuningdek, Trampning so‘zlariga ko‘ra, zarurat tug‘ilganda AQShga katta miqdorda o‘q-dorilar ishlab chiqariladi va yetkazib beriladi. Uning ta’kidlashicha, hozirda mudofaa kompaniyalari Amerika tarixida rekord darajadagi zavod va fabrikalar qurmoqda.
"Davlatga xoinlikka teng bo‘lgan ushbu da’volarni tarqatganlarni qidirish ishlari olib borilmoqda. Ular uchun uzoq muddatli qamoq jazolari so‘raladi!" — deb bayonot berdi AQSh prezidenti.