Bugun 1 may, 2026 yil, juma

КИР

Tramp AQShda sun’iy intellektga 500 milliard dollar investisiya kiritilishini e’lon qildi

A A A
Tramp AQShda sun’iy intellektga 500 milliard dollar investisiya kiritilishini e’lon qildi

Ushbu mablag‘ni OpenAI, SoftBank va Oracle kabi kompaniyalari investisiya qiladi. Tramp ushbu qo‘shma korxona Stargate deb nomlanishini e’lon qildi va uni "sun’iy intellekt infratuzilmasi tarixdagi eng yirik loyihasi" deb atadi.

"Stargate sun’iy intellektning zamonaviy avlodini qo‘llab-quvvatlash uchun jismoniy va virtual infratuzilma quradi, jumladan, butun mamlakat bo‘ylab ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari tashkil etiladi", deb xabar bermoqda CNN.

Oracle rahbari Larri Ellisonning aytishicha, shunday markazlardan birinchisi hozirda Texasda qurilyapti. Stargate loyihasi 100 mingdan ortiq odamni ish bilan ta’minlashi kutilyapti.

"Menimcha, bu davrimizning eng muhim loyihasi bo‘ladi. Biz buni sizsiz amalga oshira olmasdik, janob prezident," — dedi OpenAI bosh direktori Sem Altman Tramp bilan uchrashuvda.

Kiritildi: 13:06 22.01.2025. O'qildi: 1212 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!