AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda yozgi va qishki vaqtga o‘tishni bekor qilishga chaqirdi.
Tramp Ogayo shtatidagi mitingga yo‘l olgan paytda jurnalistlarga bergan bayonotida Senatni soatlarni yiliga ikki marta oldinga va orqaga surish amaliyotini bekor qilishga qaratilgan qonun loyihasini qabul qilishga chaqirdi.
Prezidentning aytishicha, amaldagi tizim mamlakat iqtisodiyotiga sezilarli yuk tushiradi va aholining odatiy kun tartibini buzadi.
Tramp, shuningdek, ko‘pchilik amerikaliklar kunduzgi yorug‘likdan ko‘proq foydalanishni xohlashini ta’kidladi. U respublikachilardan senator Tom Kottonni qonun loyihasining Senatda ko‘rib chiqilishini to‘sib qo‘yayotganlikda tanqid qildi.