Bugun 10 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Tramp AQShda noqonuniy migrantlarga nisbatan amnistiya bo‘lmasligini aytdi

Tramp AQShda noqonuniy migrantlarga nisbatan amnistiya bo‘lmasligini aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda noqonuniy yashab kelayotgan migrantlarga nisbatan deportasiya siyosati davom etishini ma’lum qildi. U ularga amnistiya berish rejasi yo‘qligini ta’kidladi.

Trampning aytishicha, hukumat birinchi navbatda og‘ir jinoyat sodir etgan migrantlarni mamlakatdan chiqarishga e’tibor qaratmoqda.

Uning ta’kidlashicha, ayrim noqonuniy migrantlar AQShda ishlab, soliq to‘layotgan bo‘lsa-da, mamlakatga qonunni buzgan holda kirgani uchun ularga nisbatan siyosat o‘zgarmaydi.

Kiritildi: Bugun 20:04. O'qildi: 182 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik