AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington Ukrainaga Rossiyadagi nishonlarga qarshi uzoq masofali raketalardan foydalanishga ruxsat bergani haqidagi da’volarni rad etdi.
Tramp ijtimoiy tarmoqdagi Truth Social sahifasida e’lon qilgan bayonotida “Wall Street Journal” gazetasi tarqatgan xabarni yolg‘on deb atadi. Nashrga ko‘ra, AQSh go‘yoki Ukrainaga Rossiya ichkarisidagi nishonlarga qarshi uzoq masofali raketalarni ishlatishga ruxsat bergani aytilgan edi.
“Qo‘shma Shtatlarning bu raketalar, ularning kelib chiqishi va Ukraina ulardan qanday foydalanishi bilan hech qanday aloqasi yo‘q”, — dedi Tramp.
Avvalroq Wall Street Journal Amerika rasmiylariga tayanib, AQSh go‘yoki Ukrainaning Rossiyaga qarshi G‘arbning uzoq masofali raketalarini ishlatishga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilgani haqida xabar bergan edi.
Nashr ta’kidicha, bu “e’lon qilinmagan qaror” Mudofaa vaziri Pit Xegsetdan vakolatlar AQShning Yevropadagi qo‘shinlari oliy qo‘mondoni va NATO qo‘mondoni general Aleksus Grinkevichga o‘tganidan so‘ng qabul qilingan.
Bir kun avval Ukraina Qurolli kuchlari Britaniyaning “Storm Shadow” qanotli raketasidan foydalanib, Rossiyadagi portlovchi moddalar va raketa yoqilg‘isi ishlab chiqaradigan ob’ektga zarba berganini ma’lum qilgan edi.