Bugun 11 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

Tramp AQSh qo‘shinlari Meksikadagi narkokartellarga zarba berishini aytdi

Tramp AQSh qo‘shinlari Meksikadagi narkokartellarga zarba berishini aytdi

Donald Trampning so‘zlariga ko‘ra, AQSh dengiz orqali Venesueladan mamlakatga giyohvand moddalar yetkazib berishni deyarli to‘liq to‘sib qo‘yishga erishgan, endi esa quruqlik orqali Meksikadan yetkazib berishga qarshi kurashni kuchaytirmoqchi.

"Biz dengiz orqali bo‘layotgan narkotrafikning 97 foizini to‘sib qo‘ydik, endi esa quruqlikda narkokartellarga qarshi zarbalar bera boshlaymiz. Bu mamlakat qanday yomon ahvolga tushib qolganini ko‘rish juda og‘ir. Meksikadagi hamma ishni narkokartellar yuritmoqda va ular har yili bizning mamlakatimizda 250–300 ming kishini o‘ldirmoqda", — dedi Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida.

AQSh prezidenti Meksikaga zarbalarning muddati va ko‘lami haqida aniqlik kiritmadi.

Kiritildi: 20:17 10.01.2026. O'qildi: 585 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!