AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi AQSH-Isroil harbiy operasiyasi maqsadlariga erishilgunga qadar davom etishini aytdi.
Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi.
"Biz ish tugamaguncha ketmaymiz. Va bu juda tez bo‘ladi", dedi Amerika yetakchisi.
Tramp shuningdek, so‘nggi 11 kun ichida AQSh kuchlari "Eronni deyarli yo‘q qildi" deb da’vo qildi.
Uning ta’kidlashicha, Eronda endi radar yoki havo mudofaasi yo‘q. Shuningdek, u Tehron tomonidan uchirilgan raketalar va dronlar soni operasiya boshlanganiga nisbatan mos ravishda 90% va 85% ga kamayganini aytdi.
Bundan tashqari, AQSh prezidenti operasiya davomida Eron dengiz flotining 58 ta kemasi yo‘q qilinganini da’vo qilmoqda.