Prezident Donald Tramp NBC News'ga bergan intervyusida, Qo‘shma Shtatlar iqtisodiyotida resessiya yuz berishi mumkinligini, biroq bu uni tashvishga solmayotganini aytdi.
"Hamma narsa bo‘lishi mumkin, lekin menimcha, biz mamlakatimiz tarixidagi eng buyuk iqtisodiyotga ega bo‘lamiz", — dedi Tramp resessiya ehtimoli haqidagi savolga javob berar ekan.
"Hatto mamlakat iqtisodiyotida “o‘tish davri”da qisqa muddatli resessiya yuz bersa ham, uzoq muddatli davrda hammasi ajoyib bo‘ladi", — deya qo‘shimcha qildi prezident.