AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington Tehronning har bir hujumiga javoban Eronga 20 marta zarba berishga tayyorligini bildirdi.
Tramp bu haqda Turkiyada bo‘lib o‘tgan NATO sammitidan keyin ma’lum qildi.
"Biz ularga shunchaki qattiq zarba berdik. Bu ularning kecha qilgan ishlari uchun qasos edi. Ular uchta kemaga hujum qilishdi. Agar ular bizga zarba berishsa, biz ularga 20 marta zarba beramiz", dedi Tramp.
Avvalroq AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) AQSh harbiylari Islom Respublikasining Hormuz bo‘g‘ozini nazorat qilish qobiliyatini zaiflashtirish maqsadida Eronga qarshi zarbalarni qayta boshlaganini xabar qilgan edi.
8 iyul kuni Tramp shuningdek, Eron bilan sulh endi kuchga kirmasligini e’lon qildi.