Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp AQSh fuqaroligini olish narxini 80 foizga oshirishni taklif qildi

Tramp AQSh fuqaroligini olish narxini 80 foizga oshirishni taklif qildi

Tramp ma’muriyati Federal reestrda e’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra, AQSh fuqaroligini olish qiymatini 80 foizga oshirishni taklif qildi, deb xabar beradi NBC News.

Fuqarolik olish jarayonining bir qismi bo‘lgan naturalizasiya uchun ariza berish hozirda qog‘oz shaklida topshirilsa 760 dollar, onlayn topshirilsa 710 dollar turadi. Ma’muriyat bu summani 1330 dollargacha, ya’ni 75 foizga, hamda 1280 dollargacha, ya’ni 80 foizga oshirishni xohlamoqda. Rad etilgan arizalarni qayta ko‘rib chiqish qiymati ham 80 foizga oshiriladi.

Ma’muriyat buni naturalizasiya jarayoni xarajatlarini boshqa immigrasiya yig‘imlari hisobidan subsidiyalash emas, balki ariza beruvchilar tomonidan to‘liq qoplanishi kerakligi bilan izohlamoqda. Ichki xavfsizlik departamenti fuqarolik olishni qimmatli imtiyoz deb hisoblaydi va shu sababli kamaytirilgan to‘lovlar yetarlicha asoslanmaganini ta’kidlamoqda.

Ushbu taklif migrantlar huquqlarini himoya qiluvchilar tomonidan keskin tanqidga uchradi. Ular bu avvalgi ma’muriyatlarning fuqarolik olish jarayonini yengillashtirish bo‘yicha harakatlarini bekor qiladi, deb hisoblashmoqda.

Taklif bo‘yicha jamoatchilik fikri 24 avgustgacha davom etadi, shundan so‘ng ma’muriyat yakuniy qaror qabul qiladi.

Kiritildi: 15:42 25.06.2026. O'qildi: 1164 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!