AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington yaqin orada Eronga qarshi harbiy operasiyasini tugatish rejasi yo‘qligini aytdi.
Tramp bu bayonotni jurnalistlarning savollariga javob berish chog‘ida aytib o‘tdi.
Amerika yetakchisi Islom Respublikasi o‘zining harbiy salohiyatini sezilarli darajada yo‘qotganini ta’kidladi.
"Bu biz operasiyani darhol tugatamiz degani emas", deb ta’kidladi Tramp.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShning asosiy maqsadi iloji boricha tezroq g‘alabaga erishishdir. "Asosiysi, biz g‘alaba qozonishimiz kerak. Va tezda g‘alaba qozonishimiz kerak", deb qo‘shimcha qildi AQSh prezidenti.