AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington va Tehron o‘rtasidagi muzokaralar natijalari keyingi 48 soat ichida ma’lum bo‘lishi mumkinligini aytdi.
Amerika yetakchisi bu haqda jurnalistlarga 5 avgust kuni Hormuz bo‘g‘ozi ochilishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berish chog‘ida ma’lum qildi.
"Biz juda yaxshi natijalarga erishmoqdamiz. Natijalarni 48 soat ichida bilib olamiz. Bu ertaga yoki undan keyin bo‘lishi mumkin. Sezilarli yutuqlarga erishildi", dedi Tramp Los-Anjelesdan jo‘nab ketishdan oldin.
Avvalroq, Axios manbalarga tayanib, AQSh chorshanba kuni Hormuz bo‘g‘ozi ochilishi bo‘yicha Eron va Ummon bilan vaqtinchalik kelishuvlarni e’lon qilishga tayyorlanayotgani haqida xabar bergan edi.