Qo‘shma Shtatlar boshqa davlatlarni Venesueladagi neft qazib olish loyihalarida ishtirok etishga taklif qilmoqda.
AQSh prezidenti Donald Tramp bu haqda Oq uyda yangi farmonlarni imzolayotganda ma’lum qildi.
"Venesueladagi vaziyatga kelsak, [Karakasdagi] rahbariyat juda yaxshi ishlamoqda. Biz juda xursandmiz. Va biz juda yaxshi munosabatda bo‘lmoqdamiz. Va biz butun dunyo bo‘ylab mamlakatlarni taklif qilmoqdamiz. Ular juda tez orada neft olishni boshlaydilar", dedi Amerika yetakchisi.
U shuningdek, Janubiy Amerika mamlakatidagi AQSh operasiyasini kutib, ilgari Venesuyelaga yuborilgan AQSh dengiz kuchlari maxsus guruhining bir qismi mintaqada qolishini tasdiqladi.
"U hali ham Venesuela yaqinida", deb ta’kidladi Amerika prezidenti.
Avvalroq, Venesuela prezidenti vazifasini bajaruvchi Delsi Rodriges respublika dunyodagi eng katta neft zaxiralariga ega mamlakatdan dunyodagi eng yirik ishlab chiqaruvchiga o‘tishi kerakligini, buning uchun 2026 yilda 1,4 milliard dollarlik investisiya jalb qilinishini aytgan edi.