Donald Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Eron rasmiylarini "tezroq aqlini yig‘ib olishini va yadroviy bo‘lmagan hamkorlik bo‘yicha kelishuvga imzo chekishi kerakligini aytdi. Ushbu shaxsiy murojaat Oq uy Eron portlarini blokada muddatini uzaytirishi mumkinligi haqidagi xabarlar tarqalgan bir paytda e’lon qilindi.
Tramp o‘z postida Tehronning yadroviy qurolga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligini yana bir bor ta’kidlab, Eron rahbariyati o‘z ishlarini tartibga sola olmayayotganini qayd etdi. Biroq Eron tomoni avval mojaroni rasman to‘xtatishni, yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralarni esa keyinga qoldirishni taklif qildi.
Tehron uranni tinchlik maqsadlarida boyitish huquqi tan olinishini talab qilib, muqobil savdo yo‘llari orqali blokadaga bardosh bera olishini bildirdi. Ayni paytda AQSh razvedka xizmatlari Trampning urushda bir tomonlama g‘alaba e’lon qilishi ehtimoli va bunga Eronning beradigan javobini tahlil qilmoqda.