Bugun 19 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Tramp AQSh bayrog‘ini yoqqanlarni jazolashni taklif qilmoqda

Tramp AQSh bayrog‘ini yoqqanlarni jazolashni taklif qilmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp Los-Anjelesdagi norozilik namoyishchilari harakatlarini keskin tanqid qildi va ularni milliy ramzlar hamda jamoat tartibiga hurmatsizlikda aybladi.

«Ular boshqa davlatlarning bayroqlarini g‘urur bilan ko‘tarib yurishadi, ammo Amerikanikini ko‘tarmaydi. Aksincha, uni yoqishadi. AQSh bayrog‘ini yoqqanlar bir yilga ozodlikdan mahrum etilishi kerak», — dedi Tramp Shimoliy Karolina shtatidagi Fort-Bregg harbiy bazasida o‘tgan marosimda.

U namoyishchilarning harakatlarini mutlaqo nomaqbul deb atab, tartibni tiklash bo‘yicha choralar ko‘rganini aytdi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, Kaliforniya hukumati «noloyiq» va «noyo‘naltiruvchi» bo‘lib qolgan.

Kiritildi: 11:14 11.06.2025. O'qildi: 550 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!