Prezident bu kabi harakatlar uchun bir yillik qamoq jazosini belgilashni taklif etdi, deya xabar berdi Fox4 telekanali.
"Ular boshqa davlatlarning bayroqlarini faxr bilan ko‘tarib yurishadi, AQSh bayrog‘ini esa faqat yoqishadi. Qo‘shma Shtatlar bayrog‘iga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lmagan har qanday shaxs bir yilga qamalishi kerak. Ko‘ramiz, bunga erisha olamizmi", — dedi Tramp Shimoliy Karolina shtatidagi Fort-Bregg harbiy bazasida harbiylar bilan uchraahuvda.
Prezidentning aytishicha, uning ma’muriyati ayrim senatorlar bilan hamkorlikda AQSh bayrog‘ini yoqish uchun jazoni joriy etadigan qonun ustida ishlamoqda.