Bugun 29 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Tramp Anthropic rahbari bilan sun’iy intellektni tartibga solish masalasini muhokama qiladi

Tramp Anthropic rahbari bilan sun’iy intellektni tartibga solish masalasini muhokama qiladi

AQSh prezidenti Donald Tramp sun’iy intellekt sohasidagi Anthropic kompaniyasi bosh direktori Dario Amodey bilan uchrashadi. Bu haqda Bloomberg agentligi manbalariga tayanib xabar berdi.

Uchrashuvda sun’iy intellektni rivojlantirish va uni tartibga solish masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda. Amodey xavfsizlik nuqtai nazaridan yanada kuchli sun’iy intellekt modellarini ishlab chiqishni sekinlashtirish zarurligini ta’kidlab kelgan.

Tramp esa sun’iy intellekt sohasidagi rivojlanishni cheklash yoki sekinlashtirishga qarshi pozisiyada. Ma’lumotlarga ko‘ra, Amodey Tramp bilan yakshanba kuni kechqurun kechki ovqat ustida uchrashadi.

Kiritildi: 07:40 28.09.2026. O'qildi: 521 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!