AQSh prezidenti bu haqda hukumat yig‘ilishida ma’lum qildi.
"Biz endi narkoterroristlarga quruqlikdan ham zarbalar bera boshlaymiz. Bu ancha oson. Ular qaysi yo‘llardan foydalanishini bilamiz. Ular haqida hamma narsani bilamiz. Yovuzlar qayerda yashashini bilamiz va biz yaqin orada zarbalar berishni boshlaymiz. Narkotik moddalarga aloqador va ularni bizning mamlakatimizda sotayotgan har qanday odam hujumga uchraydi", — dedi Oq uy rahbari.
Joriy yilning 29 noyabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuyela havo hududi “to‘liq yopilgani” haqida e’lon qilgan edi.
AQSh Venesuyela va uning prezidentini narkotrafikka ko‘z yumishda ayblab keladi hamda narkotik tashiyotgani iddao qilingan kemalarga muntazam ravishda zarbalar beradi. Venesuyela bu ayblovlarni rad etadi va Vashingtonning bosimini Maduroni ag‘darishga qaratilgan urinish sifatida ko‘radi.