AQSh prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistonida bergan bayonotida Rossiya rahbari Vladimir Putin Ukrainaga oid muzokaralar uchun Turkiyaga boradimi-yo‘qmi, bilmasligini aytdi.
Shuningdek, Tramp Rossiyaga nisbatan ikkilamchi sanksiyalar joriy etishni “doimiy ravishda ko‘rib chiqayotganini” bildirdi. Tramp Moskva tinchlik yo‘lidagi muzokaralardan chekinadigan bo‘lsa, sanksiyalar joriy etish bilan tahdid qilgan edi.
"Putin meni Turkiyada ko‘rishni istaydi, bu ehtimoldan holi emas. Agar men Turkiyaga bormasam, Putin u yerda bo‘lishi yoki bo‘lmasligini bilmayman. Ko‘ramiz", — dedi AQSh prezidenti jurnalistlarga.
Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar 15 may kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.