- Tramp hech qachon Putinga urushni to‘xtatish uchun bosim o‘tkazmagan. U bilan suhbatda o‘t ochishni to‘xtatish masalasini umuman ko‘tarmagan;
- Qo‘ng‘iroqdan so‘ng Tramp urushni to‘xtatish haqidagi o‘z va’dasidan amalda voz kechdi;
- 19-may kuni bo‘lib o‘tgan ikki soatlik suhbat shu qadar iliq bo‘ldiki, na Tramp, na Putin go‘shakni avval qo‘yishni istashmadi;
- Yevropa ittifoqchilari va Ukraina rasmiylari o‘zlarini "tushuntirishsiz, pozisiyasiz" taslim bo‘lganini his qilishdi: "jimlik";
- AQSh endi vositachi bo‘lishga urinmayapti. Barcha diplomatik tashabbuslar to‘xtatib qo‘yilgan;
- Tramp hozir qo‘llarini yuvib, chetga o‘tmoqda;
- Putin bilan suhbatdan so‘ng AQSh prezidenti tinch ukrainaliklarga raketa zarbalari berilganini tilga ham olmaganini ochiq aytdi.