Bugun 24 may, 2025 yil, shanba

КИР

Ukraina qurolli kuchlari Rossiya Federasiyasining Kursk viloyatidagi texnika konsentrasiyasiga zarba berdi

Ukraina qurolli kuchlari Rossiya Federasiyasining Kursk viloyatidagi texnika konsentrasiyasiga zarba berdi

Ukraina qurolli kuchlari Rossiya Federasiyasining Kursk viloyatidagi harbiy texnika konsentrasiyasiga raketa zarbasi berdi.

Bu haqda "Pepel-Kursk" telegram-kanali xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Lgov shahrida shahar chetidagi "Rosneft" yoqilg‘i quyish shoxobchasi hududida bir qator portlashlar sodir bo‘lgan.

"Uskunalar va xodimlar konsentrasiyasiga 5-7 daqiqalik interval bilan uchta zarba berildi", — deyiladi nashrda.

Shu bilan birga, mintaqa rahbari vazifasini bajaruvchi Aleksandr Xinshteynning ma’lum qilishicha, zarbalar natijasida kamida 16 nafar tinch aholi, jumladan, ikki bola jarohatlangan.

"14 yarador Kursk viloyati kasalxonasida, jumladan, ikki bola. Ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Afsuski, yaradorlardan to‘rt nafarining ahvoli og‘ir", - dedi u.

Kiritildi: 08:37 23.05.2025. O'qildi: 798 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!