Donald Tramp 2017 yildan beri ilk bor Falastin ma’muriyati rahbari Mahmud Abbos bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqida Axios xabar berdi.
Nashrning yozishicha, siyosatchilar o‘rtasidagi muloqot ijobiy bo‘lgan: Abbos Trampni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi, AQShning yangi rahbari sifatida G‘azodagi urushni tugatish uchun harakat qilishi kerakligini aytgan.
Ma’lumot uchun, 2017 yilning dekabrida Tramp Quddusni Isroil poytaxti deb tan olgan va AQSh elchixonasini u yerga ko‘chirgan edi. Shundan so‘ng Tramp va Abbos o‘rtasidagi aloqalar to‘xtatilgan edi.