Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, chempionlarni taqdirlash marosimida AQSh yetakchisi Donald Tramp FIFA prezidenti Janni Infantinoning ruxsati bilan oltin medallardan birini cho‘ntagiga solib olgan va kubokni o‘zi bilan olib ketgan. Chempionatda g‘olib bo‘lgan “Chelsi” klubiga esa kubogning nusxasi topshirilgan.
Tramp kubokning asli Qo‘shma Shtatlarda abadiy qolishini va Oq uyda saqlanishini aytgan.
Ma’lumot uchun, joriy yilda Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati 14 iyun — 13 iyul kunlari AQSh hududida bo‘lib o‘tdi.