Bugun 8 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Rossiya yaqin yillar ichida Yevropaga hujum qiladimi?

Rossiya yaqin yillar ichida Yevropaga hujum qiladimi?

Rossiya 1980 yillardan beri eng yirik qayta qurollanish dasturini tayyorlamoqda va 2030 yilgacha Yevropaga hujum qilishi mumkin.

Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov Apostrof TV telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Razvedka rahbarining ta’kidlashicha, hozirda Yevropa mamlakatlari uchun bunday tahdid mavjud bo‘lmasa-da, prognoz Rossiyaning rejalari va istaklari bilan bog‘liq.

"Ular rejalashtirishmoqda va tayyorlanishadi" - dedi Kirill Budanov.

Bosh razvedka boshqarmasi rahbari Yevropa bunday tahdiddan xabardor ekanini qo‘shimcha qildi. Ular bunga qanday munosabatda bo‘lishlari vaqt o‘tishi bilan ko‘rinadi.

"Hozirda keng ko‘lamli qurollarni ishlab chiqish dasturi tayyorlanmoqda. Bu mohiyatan Rossiya Federasiyasini 2037 yilgacha qayta qurollantirishdir. U yerda tezlashtirish darajasi 2030 yilgacha. Bu 80 yillardan beri eng katta dasturdir. Hozirda u faqat qayta qurollanish uchun taxminan 1,2 trillion dollarga baholanmoqda. Bu Rossiya Federasiyasi Mudofaa vazirligining byudjeti emas, Rossiya Federasiyasining zamonaviy qurollanish va qayta qurollantirish dasturi. Bu jiddiy dasturlar va jiddiy mablag‘lar”, dedi u.

Kiritildi: 14:30 07.09.2025. O'qildi: 925 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!