Transport vositalaridan atmosferaga chiqadigan zararli tashlamalarni kamaytirish, havo ifloslanishining oldini olish maqsadida ekologik stiker tizimi joriy etildi.
Eko-stiker bepul va muddasiz hisoblanadi. Faqatgina transport egasi yoki davlat raqami o‘zgarganda, old oyna almashtirilganda va stiker shikastlanganda yoki o‘chib ketganda qayta rasmiylashtiriladi.
Eko-stiker tizimi ekologik xavfsizligini ta’minlash, xususan, transport vositalaridan chiqadigan zararli moddalarni kamaytirish va havoni tozalashga xizmat qiladi. Eko-stiker tizimi orqali har bir fuqaro o‘z transport vositasining atrof-muhitga ta’siri haqida aniq ma’lumotga ega bo‘ladi va bu borada mustaqil nazoratni amalga oshiradi.