Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Ilhom Aliyev Vladimir Putin tomonidan tashkillashtirilgan sammitga borishni rad etdi

Ilhom Aliyev Vladimir Putin tomonidan tashkillashtirilgan sammitga borishni rad etdi

Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Sankt Peterburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan MDH davlat rahbarlarining norasmiy sammitida qatnashmadi. Bu haqda prezident administrasiyasiga tayanib AzerTAJ xabar berdi.

Ozarboyjon prezidenti administrasiyasiga ko‘ra, Ilhom Aliyev 21 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida ham qatnashmagan. Chunki Ozarboyjon Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi a’zosi hisoblanmaydi. Shuningdek, Aliyev “ish jadvali juda tig‘iz bo‘lgani” sababli MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etmaydi.

​Moskva va Boku o‘rtasidagi munosabatlar 2024 yil dekabrda Azerbaijan Airlines aviakompaniyasining samolyoti Oqtovda halokatga uchrab, 38 kishi halok bo‘lganidan keyin keskinlashdi. 2025 yilning yozida Yekaterinburgda Ozarboyjonning bir nechta fuqarosi qo‘lga olindi, ulardan ikki nafari vafot etdi. Bunga javoban Ozarboyjonda Rossiya fuqarolari, jumladan, “Sputnik Ozarboyjon” xodimlari hibsga olindi.

Putin 2024 yil dekabr oyida Ozarboyjon samolyoti bilan sodir bo‘lgan voqea uchun Aliyevdan uzr so‘ragan va layner “Ukraina dronlari hujumi sababli qo‘nganini” da’vo qilgan. Ozarboyjon prezidenti esa halokat uchun javobgarlikni “Rossiya vakillari”ga yukladi va aybdorlarni jazolashni talab qildi.

Kiritildi: Bugun 19:46. O'qildi: 843 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!