Rossiya esa bu hududni to‘liq bosib olishi uchun bir yil yoki undan ko‘proq vaqt ketadi, dedi AQSh vise-prezidenti.
Jey Di Vensning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina tomoni Rossiyaning butun Donesk ustidan nazorat o‘rnatishi ehtimolini xavfsizlik bo‘yicha jiddiy muammo sifatida ko‘rmoqda.
"O‘zaro suhbatlarda ukrainaliklar oxir-oqibat Donbassdan ayrilishlari mumkinligini tan olishadi. Ammo, bilasizmi, bu 12 oydan keyin, balki undan ham ko‘proq vaqt o‘tgach sodir bo‘lishi mumkin", – dedi u.
Vise-prezident Donbass kimga tegishliligi masalasi muzokaralar yo‘lidagi jiddiy to‘siq ekanini tasdiqladi.
Vens muzokaralarning muvaffaqiyatli yakunlanishiga ishonchi komil emasligini bildirdi. "Menimcha, biz tinchlikka erishishimiz ehtimoli katta va biz bunday bo‘lmasligi ehtimoli ham katta", – deya fikr bildirdi AQSh vise-prezidenti.