Bugun 23 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Ukraina maxsus xizmatlari Rossiyaning 100 mln dollarlik ikkita qiruvchi samolyotini yoqib yubordi

Ukraina maxsus xizmatlari Rossiyaning 100 mln dollarlik ikkita qiruvchi samolyotini yoqib yubordi

Ukrainalik diversant Lipesk shahri yaqinidagi harbiy aerodromda Rossiyaning ikkita qiruvchi samolyotiga o‘t qo‘ydi. Bu haqda Ukraina mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasi (GUR) xabar bermoqda.

GUR diversant tomonidan olingani aytilgan videoni taqdim etgan. Videoda u uchish maydonchasiga kirishi, shundan keyin samolyotlarga o‘t qo‘yishi aks etgan.

"Mazkur amaliyot ikki hafta davomida rejalashtirilgan. Diversant aerodrom hududini xavfsiz tarzda tark etishga muvaffaq bo‘lgan. Samolyotlar safdan chiqarilgan, bular umumiy qiymati 100 million dollargacha yetadigan Su-27 qiruvchilaridir", deyiladi Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi bayonotida.

Rossiya Mudofaa vazirligi GURning ushbu xabariga hozircha rasman izoh bergani yo‘q.

Kiritildi: 22:46 22.12.2025. O'qildi: 554 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!