Tovuq go‘shtidan sho‘rva azaldan bemorlar uchun dori vositasi bo‘lib kelgan. Ko‘pgina madaniyatlarda u shamollash va gripp uchun shifobahsh vosita sanaladi.
G‘arbiy Shotlandiya universiteti sog‘liqni saqlash fanlari fakulteti katta o‘qituvchisi Sandra Lukas va uning hamkasblari sho‘rvaning shamollash, gripp va COVID-19 kabi o‘tkir respirator infeksiyalarni davolashdagi o‘rni haqidagi ilmiy dalillarni o‘rgandi.
Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, sho‘rva iste’mol qilgan odamlar iste’mol qilmaganlarga qaraganda 2,5 kun tezroq tuzalib ketishdi. Burun bitishi, tomoq og‘rig‘i va charchoq kabi alomatlar kamaydi. Demak, tovuq sho‘rva haddan tashqari faol immunitet reaksiyasini tinchlantirishga yordam beradi, bu esa alomatlarni yengillashtiradi va tiklanishni tezlashtiradi.
Tovuq sho‘rvaga sarimsoq, piyoz, zanjabil va ko‘katlar qo‘shsangiz, yallig‘lanishga va mikroblarga qarshi, immunitetni qo‘llab-quvvatlovchi xususiyatlari ortadi. Balg‘am ko‘chiradi, tomoq og‘rig‘ini yumshatadi va kasallik paytida umumiy ahvolni yaxshilaydi.
Albatta, sho‘rva dori o‘rnini bosa olmaydi. Ammo bemorlarga o‘zini yaxshi his qilish qo‘shimcha malham bo‘ladi.