Toshkent shahar jamoat transporti uchun 200 ta zamonaviy elektrobus va ularni quvvatlash uskunalari xarid qilinadi. Buning uchun “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning Xitoy Xalq Respublikasi Eksimbankidan jalb qilinadigan kredit muddatiga mos ravishda va kelishilgan shartlarda kredit mablag‘lari jalb etiladi.
Shuningdek, Toshkent shahrida jamoat transportini boshqarishning yagona intellektual tizimini joriy etish hamda yo‘nalishli shahar avtobuslari uchun yo‘l harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etuvchi texnik vositalari xarid qilinadi. Buning uchun “Toshshahartransxizmat” AJ “O‘zmilliybank” AJning 3 yilga, bir yil imtiyozli muddat bilan, yillik 7 foizdan ortiq bo‘lmagan 4,0 mln dollar ekvivalenti miqdorida kredit mablag‘larini jalb etadi.