Kiyevning tobora ko‘proq ittifoqchilari Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan murosa qilishiga to‘g‘ri kelishini tan olmoqda. Bu haqda Bloomberg nashri xabar bermoqda.
Agentlik ta’kidlaganidek, to‘satdan mojaroni hal qilishga chaqiriqlar Ukraina ittifoqchilarining AQSh prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan Donald Trampning Oq uyga qaytishi va AQSh qo‘llab-quvvatlashida "keskin qisqartirish ehtimoli" oldidan borish istagini namoyish etadi.
Avvalroq Tramp Ukrainadagi mojaroga chek qo‘yish AQSh manfaatlariga mos ekanini ta’kidlagan va buni 24 soat ichida amalga oshirishi mumkinligiga ishontirgan edi.