Bugun 12 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Toshketdagi uylar narxi tushdi

A A A
Toshketdagi uylar narxi tushdi

O‘zbekiston ko‘chmas mulk narxi arzonlagan. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xabar berdi.

Oktyabr oyida ro‘yxatga olingan ko‘chmas mulk oldi-sotdi bitimlari soni sentyabr oyiga nisbatan 0,6%ga oshib, 21,4 mingtani tashkil etgan.

Oktyabr oyida ko‘chmas mulk bozorida bitimlar soni hududlar kesimida Toshkent viloyatida (+10%), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (+8,1%) va Jizzax viloyatida (+7,5%) sezilarli o‘sgan.

Ikkilamchi uy-joylarning eng arzon narxi Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuzatilib, bir kvadrat metr uchun o‘rtacha narx 328 dollarni tashkil etdi.

Uy-joy ijarasi narxi Toshkent shahrida yil davomida 12%dan ko‘proq tushdi. Eng katta pasayish Yashnobod — 18%, Sergeli — 17% va Mirzo-Ulug‘bek — 15,2% tumanlarida qayd etildi

Kiritildi: 19:05 14.11.2024. O'qildi: 2893 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!