Bayden Ukrainaga AQSh qurollarini Rossiya ichkarisida foydalanishga ruxsat berdi.
New York Times gazetasining anonim manbalarga tayangan maqolasida aytilishicha, Oq uy Rossiya hududidagi nishonlarga nisbatan AQSh qurollaridan foydalanishga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilgan.
Ukraina ittifoqchilari avvalroq Kiyevga o‘z qurollarini front chizig‘idan juda uzoqqa joylashtirishni taqiqlagan edi.
Endilikda, manbalarga ko‘ra, Ukraina kuchlari yaqin kunlarda Rossiya nishonlariga qarshi 190 milya (306 km) masofaga ega bo‘lgan AQShda ishlab chiqarilgan ATACMS raketalaridan foydalanmoqchi.
Oq uy darhol izoh bermadi.