Bugun 18 noyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Rossiya hududlariga zarba berishga ruxsat berilishi keskinlikning yangi bosqichini anglatadi

Rossiya hududlariga zarba berishga ruxsat berilishi keskinlikning yangi bosqichini anglatadi

Ukrainaga G‘arbning uzoq masofali qurollari bilan Rossiya hududlariga zarba berishga ruxsat berilishi keskinlikning yangi bosqichini anglatadi.

Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi fikr bildirdi.

Dmitriy Peskovning boshqa bayonotlari:

◾️ Amerika raketalarining Rossiya hududiga zarbalari bo‘yicha pozisiyamiz qandayligi sentyabr oyida prezident Vladimir Putin tomonidan aniq tarzda ifodalangan;

◾️ Bayden ma’muriyati olovga yog‘ quyish va bu mojaro atrofida keskinlikni yanda qo‘zg‘atishni davom ettirish uchun choralar ko‘rish niyatida ekanligi aniq;

◾️ Kreml Rossiya uzoq masofali raketalar vositasida zarba berish qarori bilan bog‘liq vaziyatning asosiy xavfini Ukraina emas, G‘arb davlatlari bu zarbalarni amalga oshirishga qodir ekanligida ko‘rmoqda;

◾️ Putin va Erdo‘g‘on Turkiya rahbarining Ukrainadagi mojaroni "muzlatish" tashabbusini muhokama qilishgani yo‘q;

◾️ Rossiya Federasiyasi uchun Ukrainadagi mojaroni front chizig‘ida "muzlatib qo‘yish" qabul qilib bo‘lmas holatdir.

Kiritildi: Bugun 18:12. O'qildi: 1242 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!