Davlat dumasi deputati Andrey Gurulev, Ukrainaga ATACMS uzoq masofali raketalarini Rossiya hududi ichkarisiga zarba berishga ruxsat etilganiga javoban, Rossiya AQShga namoyishkorona tarzda yadroviy zarba berishi zarurligini bildirdi.
"Sizni ishontirib aytamanki, qaytish bo‘lmaydi. Chunki Rossiyada mavjud bo‘lgan [yadro] arsenali 100 foiz - Baydenni va Trampni yadroviy quroldan tiyib turadi," - dedi Gurulev "Vladimir Solovyov bilan yakshanba oqshomi" efirida.
Shundan so‘ng, deputatning so‘zlariga ko‘ra, hech kim Rossiyaga ATACMS yoki "Storm Shadow" raketalarini otishni xohlamaydi.