Majburiy ijro byurosi davlat byudjetiga tushumlarni ta’minlash va qonun ustuvorligini mustahkamlash borasidagi ishlarini izchil davom ettirmoqda. Bugun navbatdagi muhim ijro ishi muvaffaqiyatli yakunlandi.
Xususan, qarzdor "M. M. " fermer xo‘jaligidan davlat foydasiga 126.000.000 (yuz yigirma olti million) so‘m miqdoridagi soliq qarzi va ijro yig‘imi undirildi.
Bu holat MIB organlarining soliq qarzdorliklarini bartaraf etish, byudjet tushumlarini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashdagi qat’iy pozisiyasidan dalolat beradi.
MIB zimmasiga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarishda davom etadi.