Soat 21:00da “Sokin” podstansiyasida sodir bo‘lgan nosozlik tufayli Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek va Olmazor tumanlarining ayrim hududlari svetsiz qoldi.
Ayni vaqtda mutaxassislar tomonidan uzilishga sabab bo‘lgan texnik nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Energetika vazirligi elektr ta’minotidagi uzilish uchun iste’molchilardan uzr so‘ragan.