Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Toshkentning ayrim joylarida "svet" o‘chdi

Toshkentning ayrim joylarida "svet" o‘chdi

Poytaxtning Yashnobod tumanida ayrim hududlarda "svet" o‘chdi.

Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, bugun soat 14:29 da Toshkent shahridagi 35 kVli "L-Salarskiy-6" kabel tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan.

Buning natijasida Yashnobod tumanidagi 1350 ta iste’molchining elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda.

Hozirgi vaqtda mazkur nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Ta’mirlash ishlari qisqa vaqt ichida bartaraf etiladi va iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklanadi, deyiladi vazirlik xabarida.

Kiritildi: 17:54 20.11.2023. O'qildi: 1117 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!