Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentning 10 ta metro bekatida yangi to‘lov tizimi joriy etildi

Toshkentning 10 ta metro bekatida yangi to‘lov tizimi joriy etildi

Yo‘l haqini kontaktsiz tarzda to‘lash tartibi Toshkent metropoliteni va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki hamkorligi orqali joriy etildi. Unga ko‘ra endi yo‘lovchilar HUMO plastik kartalari orqali to‘lovni amalga oshirib metrodan foydalanishlari mumkin. Bu haqda HUMO to‘lov tizimi matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi tizim quyidagi bekatlarda ishga tushirildi:

Buyuk Ipak yo‘li

Amir Temur hiyoboni

Mustaqillik maydoni

Paxtakor

Bunyodkor

Mirzo Ulug‘bek

Chilonzor

Beruniy

Minor

Abdulla Qodiriy

8 daqiqagacha vaqt tejaladi

Yo‘l haqini HUMO bank kartasi orqali to‘lagan holda yo‘l jetonlarini xarid qilish, zarur summani qidirish va qaytimni kutish uchun vaqt sarflanmaydi. Yangi texnologiya tig‘iz paytlarda eng talabgor bekatlarda yanada samaralidir. Bunday sharoitlarda yo‘lovchi kassada jeton xarid qilish o‘rniga yo‘l haqini turniket orqali kontaktsiz tarzda to‘lashni tanlagan holda kuniga 8 daqiqagacha vaqt tejaydi.

Kontaktsiz to‘lovlardan foydalangan holda metroda bir marta yurish qiymati jeton qiymatiga teng. Yo‘l haqini turniket orqali to‘lash metropoliten xizmatlaridan kam foydalanadigan yo‘lovchilar uchun ham qulay.

Kiritildi: 13:42 08.10.2019. O'qildi: 1965 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!