Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentlik qiz to‘yidan 2 hafta o‘tgach erini chavaqladi

Toshkentlik qiz to‘yidan 2 hafta o‘tgach erini chavaqladi

Toshkentda hamshira bo‘lib ishlagan 20 yoshli ayol erining joniga qasd qildi, deya xabar berdi «Sof.uz».

Ismi oshkor etilmagan toshkentlik qiz 2019 yilning 22 aprelida qashqadaryolik yigitga turmushga chiqqan. To‘ydan ikki hafta o‘tgach, ikki yosh Toshkentga qaytib kelgan.

9 may kuni esa ayolning eri o‘z uyida 8 ta joyidan pichoqlangan holda topilgan.

Ayolning tergov jarayonida ma’lum qilishicha, eri unga jinsiy qiynoq va tazyiq qilgani bois o‘zini himoya qilish maqsadida erini o‘ldirgan.

Qayd etilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi qotillikda aybdor deb topilgan ayolga 10 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlagan.

Marhumning otasi Aktam Abdurahmonovga ko‘ra, ekspertiza jarayonida ayolda zo‘rlash alomatlari aniqlanmagani va kelini oila qurganidan keyin ham B. ismli yigit bilan telefonlashib yurganiga e’tibor qaratgan.

Advokat Xurshida Hasanjonova esa kelinning qotillikni yakka o‘zi sodir etganini shubhali, deb atagan.

Kiritildi: 06:40 16.11.2019. O'qildi: 6895 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!