Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Toshkentdan Xorazmga yuk mashinasida odam olib ketayotgan shaxs aniqlandi (video)

A A A
Toshkentdan Xorazmga  yuk mashinasida odam olib ketayotgan shaxs aniqlandi (video)

Samarqand shahriga kirish postida yuk mashinasining yukxonasida Toshkentdan Xorazmga odam olib ketayotgan shaxs aniqlandi. Bu haqda «Sevimli» telekanalining «Zamon» axborot dasturi tomonidan ma’lum qilindi.

Yuk avtomobilida o‘z manziliga yetib olmoqchi bo‘lgan yo‘lovchilardan birining aytishicha, bir kishi uchun yengil avtomobilda Xorazmga borish narxi 1,5 million so‘mga yetgan. Yuk mashinasi haydovchisi esa uni 150 ming so‘mga Xorazmga olib borishga rozi bo‘lgan.

Yuk mashinasi haydovchisining so‘zlariga ko‘ra, yo‘lovchilarning o‘zi avtobusda, taksida ketishga puli yo‘qligi sababli undan Xorazmga olib ketishni so‘ragan. Yo‘lovchilar buning uchun haydovchiga 100-150 ming so‘mdan berishini aytgan.

Samarqand shahar IIB tomonidan haydovchi va uning yordamchisiga nisbatan bayonnoma tuzilgan. Shuningdek, haydovchi va yuk mashinasidagi yo‘lovchilar Samarqandda karantinda saqlanadigan bo‘ldi.

Kiritildi: 23:20 02.04.2020. O'qildi: 4671 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik