Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Toshkent viloyatiga keluvchi xorijiy va mahalliy sayyohlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida poytaxtdan Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga ("Chorvoq" erkin turistik zonasiga) grafik asosida qatnovchi avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yildi.

Avtobuslar "Mashinasozlar metro bekati – Chorvoq" yo‘nalishida har kuni uchta grafik asosida harakatlanadi. Qatnov masofasi 75 km bo‘lgan yo‘nalishda yo‘lovchilar belgilangan manzilga 1 soat 10 daqiqada etib boradi.

Avtobuslar Mashinasozlar metro bekatidan soat 7:00, 13:00 va 18:00 da jo‘naydi. Chorvoqdan esa 6:00, 11:00 va 16:00 harakatlanadi.

Qatnovlar "Uzautotrans service" korxonasining Yutong avtobuslarida amalga oshirilmoqda. Ushbu yo‘nalishda yo‘l narxi 15 000 so‘m etib belgilangan.

Kiritildi: 15:02 07.06.2023. O'qildi: 2203 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!