Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Toshkentdagi xususiy klinikada erkak tanishini pichoqlab o‘ldirdi

A A A
Toshkentdagi xususiy klinikada erkak tanishini pichoqlab o‘ldirdi

Toshkent viloyatida xususiy klinikada tanishini pichoqlab o‘ldirgan erkak 15 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda “Millar” dasturi xabar berdi.

Aniqlanishicha, 2022 yilda Toshkent viloyatida ikki haydovchi YTH sodir etgan. Ayblanuvchi yelkasidan jarohat olgan. 2024 yilning yozida ayblanuvchining oldiga YTH ishtirokchilaridan birining tanishi kelib, bu ish bo‘yicha apellyasiya shikoyati bermaslikni so‘ragan. Ayblanuvchi va tanish shaxs o‘rtasida janjal kelib chiqqan va ayblanuvchi uchrashishni taklif qilgan.

Uchrashuv joyiga qo‘li shikastlangan erkak pichoq olib kelgan va tanishiga hujum qilgan. Erkak qochib eng yaqin klinikaga borgan. Ammo shifoxona ichida erkak uni quvib yetib olib, tanasining turli qismiga pichoq sanchgan. Jabrlanuvchi shifokorlarning urinishlariga qaramay voqea joyida vafot etgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudi ushbu shaxsni 97-modda 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan 15 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Kiritildi: 10:55 27.11.2024. O'qildi: 1573 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!