Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentdagi Toshturmada boy va puldor mahkumlar, sobiq “organ” xodimlari qiynoqqa solingan

Toshkentdagi Toshturmada boy va puldor mahkumlar, sobiq “organ” xodimlari qiynoqqa solingan

Ushbu jinoyatlar oradan o‘n yil o‘tib fosh bo‘lmoqda. Sababi, bundan 8-9 yil oldingi sud jarayonlari umuman ommaga oshkor qilinmas va bu boradagi ma’lumotlar sir saqlanar edi. Hozir esa sud tizimida oshkoralik bo‘layotgani sir emas.

Bundan 9 yil avval 2010 yil 7 sentyabr kuni, Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudi Isakov Baxadir Tashpulatovichga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqqan edi. 2006-2009 yillarda 1-sonli tergov hibsxonasi boshlig‘ining tartibot va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan B.Isakov va uning advokati T.Amanov ana shu jinoyat ishi yuzasidan kassasiya shikoyati berdi va  2019 yil 3 oktyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi binosida Kassasiya instansiyasi sudlov hay’ati Oliy sud Plenumi qarori tushuntirishlaridan kelib chiqib, birinchi instansiya sudining ajrimini o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun asoslar mavjud emas deb hisoblaydi.

“Jahon.uz”axborot portali ixtiyorida bo‘lgan sud hujjatlariga ko‘ra, B.Isakov 2006 -2009 yillarda 1-sonli tergov hibsxonasi boshlig‘ining targ‘ibot va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelib, mas’ul mansabdor shaxs bo‘la turib, O‘zbekiston Respublikasi IIVning 045-sonli buyrug‘i talablarini qo‘pol ravishda buzib, 1-sonli tergov hibsxonasi 4-tartibot binosida 2007-2009 yillarda xizmat olib borgan tezkor vakillar N.Shakirov, R.Rasulov, R.Djumayev hamda nazoratchilar M.Dusov, F.Mo‘minov, SH.Toshpulatov, SH.Kurbonov va boshqa xodimlar uyushgan jinoiy guruh tuzib, uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab, hibsxonada saqlangan o‘ziga moddiy tomondan to‘q bo‘lgan mahbuslar B.Toshpulatov, E.Madmarov, J.Normatov va boshqa mahbuslarni, hattoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarida ishlagan sobiq xodimlar B.Axunov, M.Teshaboyev, U.Kamolov va boshqa mahbuslarni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Ijroiya Kodeksining 58-moddasiga zid ravishda kameralarga joylashtirishib, ularga xizmat yuzasidan biriktirilgan mahkumlar yordamida mahbuslarni qiynoqqa solib, qiynoqqa solish bilan qo‘rqitib, g‘ayriinsoniy yoki qadrqimmatni kamsitib, qonunga xilof ravishda jismoniy va ruhiy ta’sir ko‘rsatishgan.

Uyushgan guruh a’zolari muntazam ravishda tovlamachilik yo‘l bilan noqonuniy boylik orttirishni kasb qilib olishib, mahbus va ularning qarindoshlaridan tovlamachilik yo‘li bilan pul mablag‘larini olib, fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar va jiddiy ziyon yetkazilgan.

Shuningdek, u spirtli ichimliklarni muassasaga kiritish taqiqlanganligini bila turib, 2009 yil avgust-sentyabr oylarida qo‘l ostidagi nazoratchilari B.Medetov, K.Adilbekov, A.Xusanov va A.Xolikovlarni xizmatdan chetlashtirish bilan qo‘rqitib, ularga muassasa hududiga spirtli ichimliklarni olib kirishlari hakida noqonuniy buyruqlar bergan.

O‘z navbatida nazoratchi B.Medetov, K.Adilbekov, A.Xusanov va A.Xolikovlar muassasa boshlig‘ining o‘rinbosari B.Isakovni buyrug‘ini bajarmasa ularni bironbir sabab bilan ishdan bo‘shattirib yuborishlaridan qo‘rqib, B.Isakovning noqonuniy buyrug‘i bilan majbur bo‘lib, uning uchun 1- sonli tergov hibsxonasi hududiga spirtli ichimliklarni olib kirib B.Isakovga berishgan.

Kiritildi: 11:55 10.10.2019. O'qildi: 6475 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!