Bugun 2 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkentdagi savdo do‘konidan 538,1 mln so‘mlik aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olindi

Toshkentdagi savdo do‘konidan 538,1 mln so‘mlik aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “P.S.” MCHJga qarashli savdo do‘koni sotuvchisi N.D. xaridorga 2 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotini sotgan vaqtida ushlanib, ushbu savdo do‘konidan xorijda ishlab chiqarilgan umumiy bahosi 538,1 mln so‘mlik aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 16:02 28.03.2025. O'qildi: 743 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!