O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining Qurbon hayiti kuni 6 iyunga to‘g‘ri kelishi haqidagi qarorini inobatga olib, ertaga, 6 iyun kuni poytaxtdagi 122 ta masjidda hayit namozi o‘qilishi kutilmoqda. Shu sababli ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, hayit namozini yuqori saviyada va tartibli o‘tkazish, fuqarolarga zarur shart-sharoit yaratish va ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida 6 iyun soat 00:00 dan 08:00 gacha poytaxtning quyidagi ko‘chalari va yo‘llarida avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi:
Mirzo Ulug‘bek tumani:
“To‘ra buva” masjidi oldidagi Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi – Sho‘rtepa ko‘chasidan, Buyuk Ipak yo‘li – Sultoniya ko‘chasigacha.
Bektemir tumani:
“Xo‘ton” masjidi oldidagi Bektemir shoh ko‘chasi – Xusayn Boyqaro ko‘chasidan Bektemir yo‘li ko‘chasigacha.
Olmazor tumani:
“Islomobod” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi, KXAY – Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan Nurafshon – Sag‘bon ko‘chalari chorrahasigacha.
“Hazrati imom” masjidi oldidagi Qorasaroy ko‘chasi, Qorasaroy – Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan Qorasaroy – Abdulla Qodiriy ko‘chalari chorrahasigacha.
“Do‘stjonboy” masjidi oldidagi Sag‘bon – Sag‘bon 12-tor ko‘chalari kesishmasidan Keles yo‘li – Noraztepa ko‘chalari chorrahasigacha.
Shayxontohur tumani:
“Shayx Zayniddin” masjidi oldidagi Ko‘kcha Darvoza – Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza – Beshqayrag‘och ko‘chalari chorrahasigacha.
“Xo‘ja Allambardor” masjidi oldidagi Bunyodkor – Kamolon ko‘chalari chorrahasidan Kamolon – Ustazoda 2-tor ko‘chalari chorrahasigacha.
“Kox ota” masjidi oldidagi Sebzor ko‘chasi, Nurafshon – Sebzor ko‘chalari chorrahasidan Nurafshon – Labzak ko‘chalari chorrahasigacha.
Chilonzor tumani:
“Ubay ibn Ka’b” masjidi oldidagi Al Xorazmiy ko‘chasi Al Xorazmiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Al Xorazmiy – Katta qani chorrahasigacha.
“Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidi oldidagi So‘galli ota ko‘chasi, Al Xorazmiy – So‘galli ota ko‘chalari kesishmasidan Xonabod 2-berk ko‘chasidan – So‘galli ota ko‘chasigacha.
“Novza” masjidi oldidagi Bunyodkor – Muqimiy ko‘chalari kesishgan ko‘prik ostidan Oliy Majlis binosi qarshisigacha.
Uchtepa tumani:
“Abdulloh ibn Ma’sud” masjidi oldidagi Lutfiy ko‘chasi, Lutfiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Lutfiy – Katta qa’ni ko‘chalari chorrahasigacha.
“Hazrati Ali” masjidi oldidagi Nazarbek – Mahorat ko‘chalari chorrahasidan Nazarbek – Zamaxshariy 1-tor ko‘chalari chorrahasigacha.
Yunusobod tumani:
“Minor” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi, KXAY – Ko‘rgazma ko‘chalari chorrahasidan KXAY – Sharof Rashidov ko‘chalari chorrahasigacha.
“Mirzo Yusuf” masjidi oldidagi Bog‘ishamol ko‘chasidan Shivli ko‘chasigacha.
Yakkasaroy tumani:
“Usmon bin Ma’zun” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi, KXAY – Qushbegi chorrahasidan KXAY – Fayzli Toshkent ko‘chalari chorrahasigacha.
Sergeli tumani:
“Nurul Islom” masjidi oldidagi TXAY – Fayzli Toshkent ko‘chalari chorrahasidan TXAY – Qumariq ko‘chalari chorrahasigacha.
Yashnobod tumani:
“Islom ota” masjidi oldidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi, Farg‘ona yo‘li – Fitrat ko‘chalari chorrahasidan Farg‘ona yo‘li – Tolimarjon ko‘chalari chorrahasigacha.
Mirobod tumani:
“Qo‘yliq ota” masjidi oldidagi TXAY ko‘chasi – Qo‘yliq bozori ko‘prik ostidan TXAY – Munis ko‘chalari chorrahasigacha cheklanadi.
Masjidlar joylashgan boshqa ko‘chalarda ham avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.