Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentdagi maktabda fond uchun 100 ming so‘mdan pul yig‘ilayotgani aytildi

Toshkentdagi maktabda fond uchun 100 ming so‘mdan pul yig‘ilayotgani aytildi

Ijtimoiy tarmoq sahifalarida M.Ulug‘bek tumanidagi 50-sonli maktabda har oy fond uchun 100 ming so‘mdan pul yig‘ilayotganidan shikoyat qilingan edi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi. Poytaxtimizdagi barcha davlat umumta’lim maktablarida darslar to‘liq bepul o‘tiladi. Faqatgina har bir ta’lim muassasasida budjetdan tashqari mablag‘ topish maqsadida o‘quvchilarga darsdan keyin O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 apreldagi «Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida pullik ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida»gi 343-sonli Nizomiga binoan shartnoma asosida pullik qo‘shimcha to‘garaklar hamda mashg‘ulotlar o‘tish, kuni uzaytirilgan guruhlar faoliyatlari yo‘lga qo‘yilgan.

Jumladan, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 50-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida ham ayni paytda yuqoridagi Qaror asosida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Maktabda an’anaviy darslar bepul olib boriladi. Ota-onalarning istak-xohishlariga ko‘ra, ta’lim maskanida maktab bilan tuzilgan o‘zaro shartnoma asosida qo‘shimcha darslar, to‘garaklar, kuni uzaytirilgan guruhlar tashkil etilganligini bildiramiz.

Maktab ma’muriyati tomonidan 2024/2025-o‘quv yili boshida sinf rahbarlari, o‘qituvchilar, ota-onalar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, turli bayram, maktab ta’miri va fondi uchun noqonuniy pul yig‘imlarini amalga oshirish ta’qiqlanishi bo‘yicha ogohlantirilgan,- deyiladi xabarda.

Kiritildi: Bugun 12:40. O'qildi: 268 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!