Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Isroil Eronga javob zarbasini kechiktirdimi yoki qo‘rqmoqdami?

Isroil Eronga javob zarbasini kechiktirdimi yoki qo‘rqmoqdami?

Isroilning Eronga qarshi javob qaytarish rejalari haqidagi AQSh razvedkasining yuqori maxfiy ma’lumotlarining oshkor etilishi Eronning 1-oktabr kuni amalga oshirilgan raketa hujumiga Isroil javobining kechikishiga olib keldi, deb yozadi Britaniyaning Times nashri.

Nashrning ta’kidlashicha, avvalroq OAV tomonidan e’lon qilingan ushbu sizib chiqish Isroil harbiylarini bo‘lajak javob zarbasining «ayrim strategiyalari va tarkibiy qismlarini o‘zgartirishga» majbur qilgan.

The Times nashrining ta’kidlashicha, maxfiy hujjatlar IDning «Golden Horizon» va «Rocks» havodan uchiriladigan ballistik raketalaridan javob zarbasi berishda foydalanish niyatida ekanligi ko‘rsatilgan.

Avvalroq, ommaviy axborot vositalari 2024 yil 5 noyabrda bo‘lib o‘tadigan AQSh prezidentlik saylovlariga qadar Isroil Eronga hujum qilmasligini taxmin qilgan edi.

Kiritildi: Bugun 17:24. O'qildi: 1038 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!