Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentdagi “Lotte City” va “International” mehmonxonalari 46 mln AQsh dollariga sotildi

Toshkentdagi “Lotte City” va “International” mehmonxonalari 46 mln AQsh dollariga sotildi

Toshkentdagi «Lotte City Hotel Tashkent Palace» va «International» mehmonxonalarini xususiylashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda Davaktiv matbuot xizmati ma’lum qildi.

«Lotte City Hotel Tashkent Palace» mehmonxonasini boshqarish shu kunga qadar «Hotel Lotte CO., Ltd» kompaniyasi (Koreya Respublikasi) tomonidan, u bilan 2013 yilda mehmonxonani boshqarish to‘g‘risida tuzilgan kelishuvga asosan amalga oshirilib kelinayotgan edi.

Mazkur mehmonxona ochiq savdoga qo‘yilganidan so‘ng esa MDH, Janubiy Osiyo va Yevropa davlatlaridagi 15 nafar xalqaro hamda mahalliy investorlar tomonidan sotib olish bo‘yicha qiziqish to‘g‘risidagi arizalar kelib tushgan.

Natijada «Lotte» mehmonxonasini sotib olish uchun qo‘yilgan talablariga qat’iy rioya etgan holda boshqa talabgorlarning tijorat taklifidan yuqori narx taklifini bildirgan «ALFA INVEST Sug‘urta Kompaniyasi» AJ 20 mln AQSh dollari miqdorida sotib olish to‘lovini to‘lash sharti bilan savdo g‘olibi deb topilgan.

Shuningdek, «International» mehmonxonasi bo‘yicha ham Arab, Sharqiy Osiyo va Yevropa davlatlaridagi 6 nafar xalqaro hamda mahalliy investorlar tomonidan sotib olish bo‘yicha qiziqish to‘g‘risidagi arizalar olindi.

Natijada, «International» mehmonxonasini sotib olish uchun eng yuqori narx taklifini bildirgan «Smart Fast Stroy» MCHJ 26 mln AQSh dollari miqdorida sotib olish to‘lovini to‘lash sharti bilan savdo g‘olibi deb topildi.

Kiritildi: 17:32 21.11.2024. O'qildi: 465 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!