Rossiya ittifoqchilari Ukrainaga qarshi urushda bevosita ishtirok etganidan so‘ng, Uchinchi jahon urushi boshlandi, deb hisoblaydi Ukrainaning Buyuk Britaniyadagi elchisi, Ukraina Qurolli kuchlarining sobiq bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy.
«Menimcha, 2024 yilda biz Uchinchi jahon urushi boshlanganini mutlaqo aniq aytishimiz mumkin. Chunki 2024 yilda Ukraina oldida endi Rossiya emas. Ukraina oldida Shimoliy Koreya askarlari turibdi. Keling, to‘g‘risini aytaylik. Allaqachon Ukrainada Eronning »Shahidlari« tinch aholini ochiqchasiga, hech narsadan tap tortmay o‘ldirmoqda. Ukrainaga allaqachon aynan Shimoliy Koreyada ishlab chiqarilgan raketalar uchmoqda va ular buni ochiq aytmoqda. Ukrainada Xitoy snaryadlari portlamoqda, Rossiya raketalarida Xitoy detallari ishlatilmoqda,» - deya Zalujnining so‘zlarini keltirmoqda «Ukraina haqiqati.»
Zalujniyning so‘zlariga ko‘ra, ko‘pchilik harbiy xizmatchilar yuqoridagi barcha omillar jahon urushi boshlanganini va dunyo unga tayyorgarlik ko‘rishi kerakligini aytishga asos bo‘lishiga rozi bo‘lishadi.